“Forsaj 7” filmi 17 kun ichida 1 mlrd dollar to‘pladi

“Forsaj 7” filmi 17 kun ichida 1 mlrd dollar to‘pladi
“Forsaj 7” filmi 17 kun ichida 1 mlrd dollar to‘pladi

Forsaj 7” filmining 17 kun davomida katta ekranlarda namoyish etilishi natijasida kinoijodkorlar 1 mlrd dollar ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi «Kun.uz».

The Hollywood Reporter gazetasining xabar berishicha, bu ko‘rsatkich yangi jahon rekordiga aylandi – unga qadar “Avatar” hamda “Garri Potter va o‘lim tortiqlari” filmlari 19 kun ichida shu miqdorda pul to‘play olgan edi.

Bundan tashqari, “Forsaj 7” Universal studiyasining 1 mlrd dollar ishlagan birinchi kinoloyihasi bo‘ldi.
Namoyishlarning qolgan kunlarida tushum 1.4 mlrd dollarga etishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar