Megan Markl 8 yildan so‘ng Gollivudga qaytmoqda

Megan Markl 8 yildan so‘ng Gollivudga qaytmoqda
Qisqacha

Megan Markl sakkiz yillik tanaffusdan so'ng aktrisalik faoliyatini davom ettirib, Kaliforniyada suratga olinayotgan yangi loyihaga qo'shildi. U "Yaqin do'stlar" filmi aktyorlar tarkibida Bri Larson, Lili Kollinz, Jek Kveyd va Genri Golding bilan birga rol ijro etadi. Syujet tafsilotlari oshkor qilinmagan, biroq serial ikki sevishgan juftlik haqida hikoya qilishi ma'lum.

Shahzoda Garrining rafiqasi Megan Markl nafaqaga chiqqanidan sakkiz yil o‘tib, yana aktrisalik faoliyatini davom ettiradi. Sasseks gersoginyasini Kaliforniya shtatidagi yangi loyihaning suratga olish maydonchasida ko‘rib qolishdi. Bu haqda Deadline xabar bermoqda.

Megan Markl "Yaqin do‘stlar" filmining aktyorlar tarkibiga qo‘shildi. U Bri Larson, Lili Kollinz, Jek Kveyd va Genri Golding bilan birga suratga tushadi. Syujet tafsilotlari oshkor etilmagan, ammo ma’lum bo‘lishicha, serial ikki sevishgan juftlik haqida hikoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Megan Markl 2017 yilda shahzoda Garri bilan tanishganidan keyin aktrisalik faoliyatini to‘xtatgan edi. Uning eng yorqin ishi "Fors-major" seriali bo‘lib, u Reychel Zayn rolini o‘ynagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar