
Rossiyaning “Birinchi kanal”ida bo‘lib o‘tgan “Golos. Deti” musiqiy tanlovining g‘olibi, o‘zbekistonlik xonanda Sabina Mustaeva kelajakda Berkeley kollejiga o‘qishga kirishni va “Gremmi” yutishni xohlashini ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz.
“Ayni paytda ko‘pchilik konkurslarga yoshim tufayli ishtirok eta olmayman. Hozircha men maktabda o‘qishni davom ettiraman, keyingi yilda to‘qqizinchi sinfni bitiraman. Umuman olganda, men Berkeley kollejiga o‘qishga kirishni istayman. U Bostonda joylashgan bo‘lib, uni mashhur jaz ijrochilari bitirgan. Bu mening asosiy maqsadim; undan tashqari, “Gremmi” mukofotini yutib olishni ham istardim”, – dedi 15 yoshli qo‘shiqchi Super resursiga bergan intervyusida.
Shuningdek, Mustaeva ustozi va rahbari Maksim Fadeevning professionalligini, ko‘p qirrali inson ekanligini ta’kidlab o‘tdi: “U juda yaxshi inson, u hatto o‘zi kostyumlarni qidiradi, repertuar yaratishimizda yordam beradi. U bilan ishlash qiziq”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar