
Biroz avval, “Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Sayyorai Jahon turmushga chiqqani, 15 yanvar kuni Toshkentdagi “Yakkasaroy” restoranida xonandaning to‘yi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.
Kecha, 15 yanvar kuni o‘zbek xonandalaridan yana biri turmushga chiqdi. Xorazmlik xonanda Bunyodbek Saidov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berishicha, xonanda Feruza Karimova Xorazmga kelin bo‘lgan.
Feruza Karimovaning to‘yi bilan bog‘liq suratlar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaldi. Biroq hech bir suratda kuyov ko‘rinmagan.
Ma’lumot uchun, xonanda “Dastingdan” nomli qo‘shig‘i bilan muxlislarga yaxshi tanish. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar