
So‘nggi kunlarda estrada yulduzlarining har to‘ydan tushgan daromadi soliqqa tortilishi borasidagi firlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilmoqda, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.
«Fonogramma orqali 4 ta qo‘shiq «kuylab» ketadigan xonandalar, 1000 AQSh dollaridan ortiq pulni cho‘ntakka solib ketishadi»-deydi foydalanuvchilardan biri.
«Ular ham el qatori har bir tushumidan soliq to‘lasin» — deya fikr bildiradi yana bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi.
Ammo, fikrlar orasida xonandalarni yonini olganlar ham bor.
«4-5 ming AQSh dollarini hammasini cho‘ntagiga solib ketmaydi, ularni ham sozandalarga beradigan puli, liboslari-yu, makiyajlari bor. Ularga ham osonmas pulni hammasi o‘zlariga qolmaydi» — deb artistlar yonini oladi yana bir foydalanuvchi.
O‘ylaymizki, bu borada «O‘zbeknavo» birlashmasi o‘z echimini taklif etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing