
“Hayvonlar shaharchasi 2” (“Zootopia 2”) filmi premerasidan faqat bir hafta o‘tgan bo‘lsa-da, jahon prokatida 556 million dollarga yaqin daromad to‘pladi. Multfilm nafaqat rekord o‘rnatdi, balki AQSHdan tashqaridagi eng ko‘p daromad keltirgan animatsion filmga aylandi. Bu haqda Deadline nashri xabar berdi.
Hozirda, ushbu animatsion kartina tarixdagi eng yuqori daromadlar bilan katta start olgan global filmlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi uch o‘rinning barchasi ham Disney’ga mansub filmlarga tegishli. Ushbu uchta kinoning o‘rnida:
“Qasoskorlar: Final” (1,2 milliard dollar)
“Qasoskorlar: Cheksizlik jangi” (640,5 million dollar)
“O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” (600,5 million dollar) joylashgan.
Hayvonlar shaharchasi 2 filmning ikkinchi qismida Judi va Nik yangidan politsiyachilar sifatida tayinlanib, o‘zaro munosabatlarini mustahkamlash uchun juftlik terapiyasidan o‘tadi. Ularning terapevti esa yangi qahramon – kvokka Fazzbi bo‘ladi. Terapiya jarayonida, Judi va Nik yangi bir ishda ishtirok etishga majbur bo‘ladi. Ularning vazifasi – hayvonlar megapolisining barchasini boshqa olamga agdargan zaharli ilon Garini to‘xtatish.
Ma’lumot uchun, “Hayvonlar shaharchasi” 2016-yilda Walt Disney Animation Studios tomonidan yaratilgan va kinoekranlarga chiqarilgan mashhur animatsion filmdir. Undagi voqealar Zutopiya nomli katta va zamonaviy shaharda ro‘y beradi. Bu shaharda har xil hayvonlar insonlar kabi birga yashab, ishlab, o‘qib, turli sohalarda faoliyat yuritib tinch va farovon hayot kechirishadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.