8 472
Vengriyalik professor Sherali Jo‘raevning qo‘shig‘ini eshitish uchun safarini kechiktirdi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. "Avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas" deb nomlangan kechada O‘zbekiston xalq shoirlari Xurshid Davron, Iqbol Mirzolar hamda O‘zbekiston xalq hofizi Sherali Jo‘raev ishtirok etishdi, deb yozadi "Sputnik" nashri.
Sherali Jo‘raev Navoiy g‘azallari bilan bastalangan bir qancha qo‘shiqlarini ijro etdi.
Milliy ruhda o‘tayotgan badiiy-musiqiy kechada bor diqqat-e’tibori bilan kuy tinglayotgan chet ellik mehmon barchaning e’tiborini tortdi.
Beneden Peri asli vengriyalik bo‘lib, navoiyshunos olim, professor sanaladi. Kechaga esa u aynan buyuk hofiz Sherali Jo‘raevni shaxsan ko‘rish va uning Navoiy g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlarini tinglash uchun tashrif buyurgan.
"Men Sherali Jo‘raevni 1990-yillardan tinglayman, chunki uni otam eshitardi. Uyimizda uning qo‘shiqlari yozilgan plastinkalar bo‘lardi. Hayotimdagi men uchun sharaf hisoblangan ishlardan biri Alisher Navoiy ijodini o‘rganganligim bo‘lsa, ikkinchisi Sherali Jo‘raevni ko‘rish edi.
Bugun biz xizmat safari bilan Navoiy viloyatiga ketishimiz kerak edi. Biroq Sherali Jo‘raev kuylashini eshitib safarni kechiktirdim. Chunki men uning ashaddiy muxlisiman" — deydi hayajonini yashirmay Beneden Peri. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda