Instagramda katta tozalash: mashhurlar millionlab obunachidan ayrildi

Instagram platformasida botlar va faol bo‘lmagan akkauntlarga qarshi keng ko‘lamli tekshiruv va “tozalash” jarayoni boshlandi. Natijada dunyo bo‘ylab taniqli yulduzlar, blogerlar va mashhurlar qisqa vaqt ichida millionlab obunachilarini yo‘qotdi. Bu haqda Dzen xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu jarayon davomida jami 50 millionga yaqin akkaunt platformadan o‘chirib tashlangan yoki faolsizlantirilgan.
Eng katta yo‘qotishlardan biri Kayli Jennerga to‘g‘ri keldi — u 15 millionga yaqin obunachisini yo‘qotgan. Shuningdek, futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu 8 millionga, Lionel Messi ham 5 mlnga yaqin obunachidan ayrildi.
Portugaliyalik futbolchi bir kunda 8 millionga yaqin obunachisini yo‘qotdi - endi uning obunachilari 673 million o‘rniga 665 millionga yetdi.
Argentinalikning obunachilari hozir tozalashdan oldingiga qaraganda 5 million kam - 512 o‘rniga 507 nafar.
Bundan tashqari, BTS guruhi va xonanda Ariana Grande hisobida 7 million atrofida, Selena Gomezda 6 million, Taylor Sviftda esa 5 million obunachi kamaygani qayd etildi.
Mutaxassislar bu holatni Meta kompaniyasining yangi xavfsizlik siyosati bilan bog‘lamoqda. Yangi tizimga ko‘ra, platforma endilikda faol bo‘lmagan profillar, bot akkauntlar, avatar va to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmagan sahifalar hamda sun’iy yo‘l bilan obunachi ko‘paytirgan hisoblarni aniqlab, ularni ommaviy tarzda o‘chirmoqda.
Natijada ko‘plab mashhurlar statistikasi keskin o‘zgargan bo‘lsa-da, bu jarayon platformadagi “toza va haqiqiy auditoriya”ni shakllantirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!