AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahri fuqarosi Rodni Kennon polisiyaga kanadalik xonanda Jastin Biber va uning soqchilari uni do‘pposlagani haqida ariza berdi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Xabarda qayd etilishicha, Kennon Ogayo shtati Klivlend shahri huquq-tartibot xodimlariga murojaat qilgan. Erkakning aytishicha, hodisa iyun oyida, Klivlenddagi mehmonxonalardan birida sodir bo‘ldi. Xonanda shirakayf holda Kennon o‘tirgan stolga kelib, unga tegishli bo‘lgan ko‘zoynakni taqib oldi. Kennon qo‘shiqchini suratga ola boshladi, bu esa Biberga yoqmadi.
Shundan so‘ng yigitlar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Janjal vaqtida xonanda Kennonning yuziga uch marta musht tushirdi. Keyinroq Biberning soqchilari ham qo‘shildi va Kennonga bir nechta zarba berdi. Hujjatlarda qayd etilishicha, janjal natijasida Kennon jiddiy jarohat olgan. Uning ko‘zoynagi qaytarib berilmadi, telefoni esa buzilgan.
Kennon nima uchun bo‘lib o‘tgan voqea haqida polisiya xodimlariga bir necha oy o‘tib ma’lum qilgani qayd etilmagan. Biberga ayblov qo‘yilgani borasida hech qanday ma’lumot kelib tushmagan. Xonandaning rasmiy vakillari hodisa yuzasidan izoh bermagan.
Jastin Biber AQShda bir necha bor qonuniy qiyinchiliklarga duch kelgan. 2014 yilning yanvar oyida xonandaning Kaliforniya shtatida joylashgan hovlisidagi qo‘shnilaridan biri uni uyiga tovuq tuxumi otganlikda va buning natijasida ming dollar zarar etkazganlikda ayblagan. O‘sha oyning o‘zida Biber Mayami-Bich (Florida shtati)da mast holda avtomobil boshqargan va polisiya tomonidan qo‘lga olinayotgan vaqtda qarshilik ko‘rsatgan. Kanadalik xonanda AQSh va boshqa mamlakatlarda yana bir nechta ayblovlarga duchor bo‘lgan.
2014 yili Oq uy rasmiy saytida AQSh hukumatini Biberni mamlakatda yashash huquqidan mahrum qilib, AQShdan chiqarib yuborishga chaqirilgan petisiya e’lon qilingandi. Hujjat 200 mingdan ziyod kishi tomonidan imzolandi, ammo AQSh ma’muriyati tomonidan bu holatga rasmiy izoh berilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)