"Klyukva sharbati" yulduzi Istanbulda taqiqlangan moddalar ishi bo‘yicha qo‘lga olindi

Istanbul politsiyasi taqiqlangan moddalarga qarshi keng ko‘lamli operatsiya doirasida mashhur "Klyukva sharbati" serialida bosh rolni ijro etgan turk aktyori Dogukan Gungerni qo‘lga oldi. Bu haqda Turkinform portali prokuraturaga tayanib xabar bermoqda.
Istanbul prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, tergov davomida 25 kishini hibsga olishga order berilgan. Politsiya operatsiyasi natijasida 23 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan, ular orasida Gyunter ham bor. Ayblov tomoni hibsga olishni talab qilgan yana bir ayblanuvchi allaqachon boshqa jinoiy ish bo‘yicha qamoqxonada jazo o‘tayapti.
Gumonlanuvchilar taqiqlangan moddalarni sotib olish, saqlash va iste’mol qilishda ayblanmoqda. Tergov davom etmoqda, huquq-tartibot idoralari ushbu ish doirasida yangi hibsga olishlarni istisno etmayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!