date

Boyqoʻngʻirda Soyuz MS-29 kemasining asosiy tizimlari sinovdan oʻtkazildi

Boyqoʻngʻirda Soyuz MS-29 kemasining asosiy tizimlari sinovdan oʻtkazildi

Boyqoʻngʻir kosmodromida Soyuz MS-29 boshqariladigan kosmik kemasini parvozga tayyorlash jarayoni boshlandi. Tayyorgarlikning dastlabki bosqichlaridan biri sifatida kema maxsus aks-sadosiz kamerada sinovdan oʻtkazildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu sinovlar davomida bort uskunalarining tashqi radioxalaqitlarsiz ishlashi tekshirildi. Xususan, kemaning yaqinlashish va tutashish tizimi muvaffaqiyatli nazoratdan oʻtdi. Bu tizim kamaning koinotda xavfsiz harakatlanishi uchun oʻta muhim hisoblanadi.

Aks-sadosiz kamera qurilmalarning elektromagnit moslashuvchanligini tashqi signallardan toʻliq himoyalangan muhitda baholash imkonini beradi. Bu esa parvoz paytida barcha tizimlarning ishonchli ishlashini kafolatlash uchun zarurdir.

Yaqin vaqt ichida Soyuz MS-29 kemasi germetiklikni tekshirish uchun vakuum kamerasiga yuboriladi. Bu parvoz oldidan amalga oshiriladigan navbatdagi muhim texnik bosqich boʻlib, kosmonavtlarning xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Boyqoʻngʻirda Soyuz MS-29 kemasining asosiy tizimlari sinovdan oʻtkazildi