Taniqli o‘zbek kinoaktyori Sa’dulla Moldaxanov TNT telekanali orqali namoyish etilayotgan "Adaptasiya" nomli Rossiya serialida rol ijro etdi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.
Aktyor serialda Tyumendan 1000 kilometr uzoqlikda joylashgan neneslarning Tinzyan qishlog‘i raisi rolini ijro etgan.
Serialda Moldaxanovning qahramoni neneslarning erida uglevodorod qazib olishni maqsad qilgan "Gazprom" bilan muzokaralarda qishlog‘i manfaatini himoya qiladi hamda pul evaziga qishlog‘ini sotishga tayyor shamanga qarshi kurashadi.
Qayd etish joiz, Moldaxanov uchun Rossiya filmlari va seriallarida suratga tushish yangilik emas. U ilgari "Admiral", "Visoskiy. Tirik ekansan, rahmat", "Murom yo‘lida", "Chegarada turibman" kabi qator filmlarda suratga tushgan. Iste’dodli aktyor bu filmlarda asosan qozoq, xitoy, evenk, hindu va o‘zbeklar rolini ijro etgan.
"Adaptasiya" seriali "Gazprom"ga joylashish uchun maxsus topshiriq bilan kelgan amerikalik josus haqida bo‘lib, ijodkorlarning aytishlaricha, serial nafaqat kulgili, ayni paytda o‘tkir kinoyali loyiha hamdir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi