AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida Amerika kino san’ati akademiyasi mukofotlarini topshirish bo‘yicha 89-marosim boshlandi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Uni 49 yoshli taniqli qiziqchi Jimmi Kimmel olib bormoqda. Tadbir 13-marta 3,3 ming kishiga mo‘ljallangan Dolby teatrida o‘tkazilmoqda.
Mukofotlar 24 ta nominasiya bo‘yicha topshiriladi. Amerikalik kinorejissyor Demen Shazellning «La-La Lend» filmi favorit bo‘lib hisoblanmoqda, u 14 ta yo‘nalish bo‘yicha «Oskar»ga da’vogarlik qilmoqda. Nominasiyalar soni bo‘yicha kartina avvalgi rekordchi — Jeyms Kemeronning «Titanik» filmi bilan tenglashdi.
Ilk sovrindorlar e’lon qilinib bo‘ldi. «Oskar» mukofoti «Oy shu’lasi» filmida o‘ynagan Maxershale Aliga «Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor» yo‘nalishida topshirildi. «Xudkushlar otryadi» filmi «Eng yaxshi grim va soch turmaklari» yo‘nalishida mukofotga sazovor bo‘ldi. «Fantastik maxluqlar va ular yashaydigan joy» kartinasi esa eng yaxshi liboslar uchun «Oskar»ni yutib oldi.
Eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film deya Ezra Edelman suratga olgan «O.Jey: Amerikada qilingan» dramasi e’tirof etildi.
«Oskar» haykalchalariga Deni Vilnyovning «Etib kelish» va Barri Jenkinsning «Oy sho‘lasi» filmlari sakkiztadan yo‘nalishda, Mel Gibsonning «Vijdon amri bilan», Gart Devisning «Sher» va Kennet Lonerganning «Manchester» filmlari oltitadan yo‘nalishda da’vogarlik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi