Ikki qizga yangi hayot, to‘rt farzandga birdek mehr: Diyora Usmonovaning oilasi haqida! (video)

Tadbirkor Botir Rahimov va dizayner Diyora Usmonova to‘rt nafar farzandni tarbiyalamoqda. Oilada bir o‘g‘il va uch qiz bor. Ularning har biri o‘ziga xos hayotiy hikoyaga ega.
Oiladagi yagona o‘g‘il — Ikromjon 2017 yilda tug‘ilgan. U uch opaning erkatoyi bo‘lib, sport va xorijiy tillarga qiziqadi.
Maryam esa Diyora Usmonovaning marhum ilk turmush o‘rtog‘i Bobur Usmonov bilan bo‘lgan nikohidan dunyoga kelgan. U 2012 yilda tug‘ilgan. Qizaloq uchun tikilgan liboslar keyinchalik Diyoraning bolalar kiyimlari yo‘nalishidagi Bibiona Couture brendini yaratishiga ham ilhom bergan.
Diyora Usmonova yana ikki qizni mehribonlik uyidan farzandlikka olgan. 2021 yil dekabr oyida oilaga qo‘shilgan Oysha avval Alina deb atalgan. O‘sha paytda u besh yoshda edi. Diyora bu qarorini hayotidagi katta mo‘jizalardan biri sifatida ta’riflagan.
2022 yil sentyabrida esa oilaga Osiyo ismli yana bir qiz qo‘shilgan. U 16 yoshida farzandlikka olingan Varvara bo‘lib, Oysha bilan bir mehribonlik uyida yashagan. Osiyoga yangi ismni uning ukasi Ikromjon tanlagan.
Shu tariqa, Botir Rahimov va Diyora Usmonova oilasida to‘rt nafar farzand — Maryam, Oysha, Osiyo va Ikromjon voyaga yetmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…