O‘zbekiston xalq artisti Matyoqub Matchonov bugun 70 yoshda!

Taniqli teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Matyoqub Matchonov bugun, 26 noyabr kuni 70 yoshni qarshiladi.
Matyoqub Matchonov 1956 yil 26 noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent teatr va rassomlik institutida tahsil olgan. O‘qishni tamomlagach, 1985 yilda «Yosh gvardiya» teatrida ijodiy faoliyatini boshlagan.
Aktyor ko‘p yillik faoliyati davomida o‘zbek kino va teatr san’atida o‘ziga xos o‘rin egalladi. U turli xarakterdagi obrazlarni mahorat bilan gavdalantirib, tomoshabinlar e’tiborini qozongan. Matyoqub Matchonov «Tilim qurisin», «Snayper», «Sotqin», «Ulfatlar Tailandda» va «Bahodir Yalangto‘sh» kabi filmlarda rol ijro etgan.
Aktyorning mehnatlari davlat va xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. U «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni hamda 2016 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan. 2026 yilda esa «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, Matyoqub Matchonov 2026 yil noyabr oyida Istanbulda o‘tkazilgan VI «Qo‘rqut ota» turkiy dunyo kinofestivalida rejissyor Sarvar Karimovning «Farz» filmidagi ijrosi uchun «Eng yaxshi erkak roli» mukofotini qo‘lga kiritdi.
Aktyorni tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, unga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va ijodiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Matyoqub Matchonov ishtirokidagi qaysi film yoki obraz sizga ko‘proq yoqadi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…