
Rossiyalik taniqli kino va teatr aktyori, rejissyor, «Brigada», «Jmurki», «Ostrov» kabi serial va filmlarda bosh qahramon obrazini yaratgan Dmitriy Dyujev Toshkentga kelgani, o‘zbekistonlik san’atkorlar — Ra’no Shodieva va Karim Mirhodiev bilan birga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining birinchi bosqich talabasi Muxlisa Azizovaning ishchi nomi «U» («Ona») bo‘lgan filmida suratga tushgani haqida avval ham xabar bergan edik, deb yozadi Darakchi nashri.
Mazkur qisqa metrajli filmning ovozlashtirish hamda montaj jarayonlari nihoyasiga etdi. Filmning yopiq premerasi bo‘lib o‘tdi. Yopiq premerada film ijodkorlari hamda taniqli o‘zbek rejissyorlari ishtirok etishdi.
Filmning uzviy davomiyligi 11 daqiqani tashkil qiladi.
Film prodyuseri Oybek Abdushukurovning ma’lumotiga ko‘ra, ovozlashtirish hamda filmning tasvir echimi Moskva shahrining yirik kompaniyalarida amalga oshirilgan. Rossiyaning «Festagent» kompaniyasi bilan film 100 dan ortiq xalqaro festivallarga yuborish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Tez kunda filmning jamoatchilik uchun mo‘ljallangan premerasi ham bo‘lishi rejalashtirilgan bo‘lib, unga Dmitriy Dyujevning tashrifi ham kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, HD CINEMA kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan filmning loyiha va g‘oya muallifi — Abdujamil Sodiqov, ssenariy mualliflari — Dilmurod Masaidov, Mansur Vasati, operator — Dilmurod Turdiboyev, prodyuser — Oybek Abdushukurov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar