Hamdam Sobirovni mashhur qilgan qo‘shiq qaysi? Xonandaning javobi

Xonanda Hamdam Sobirovga intervyulardan birida: “Sizni eng mashhur qilgan qo‘shig‘ingiz qaysi?” degan savol berildi. San’atkor bu savolga ochiq va samimiy tarzda javob qaytardi.
— Meni mashhur qilgan qo‘shig‘im bu — “Maktabimda”, — dedi xonanda.
Biroq ushbu javob muxlislar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda ko‘plab tinglovchilar Hamdam Sobirovni aynan “Tentakcham” qo‘shig‘i orqali taniganini yozishdi. Yana bir guruh muxlislar esa xonandani “Holimga qara” nomli taronasi orqali sevib qolganini ta’kidlashdi.
Shu tariqa, xonandaning qaysi qo‘shig‘i uni ommaga tanitganiga doir fikrlar turlicha bo‘lib, muxlislar orasida qiziqarli bahs-munozaralar yuzaga keldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing