date

Tom va Jerri 86 yoshda!

Tom va Jerri 86 yoshda!

Bugun, 10 fevral kuni dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarning bolalik xotiralari bilan bog‘liq bo‘lgan Tom va Jerri 86 yoshga to‘ldi. Qachondir televizor oldida o‘tirib, bu ikki “abadiy raqib”ning navbatdagi quvnoq quvg‘ini ko‘rib kulib yuborgan daqiqalarimiz hali-hali ham yoddan chiqmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 1940 yil 10 fevralda Tom va Jerri multfilmining birinchi qismi namoyish etilgan. Ana shu sana bilan birga, shunchaki bir multfilm emas, balki butun bir avlodning kayfiyati, hazili, bolalik ruhi ham boshlangan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tomning “rejalari” va Jerrining chaqqonligi, kutilmagan vaziyatlar, shovqinli quvg‘inlar — hammasi oddiy, lekin juda ta’sirli uslubda qalbimizga o‘rnashib qolgan. Eng qizig‘i, bu hikoyalarda gap kam, ammo emotsiya juda ko‘p — shuning uchun ham u har xil tildagi muxlislarga birdek tushunarli bo‘lib kelgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Tom va Jerri 86 yoshda!