Shahloxonim Manzura uchun samimiy “yor-yor” kuyladi (video)

Xonanda Shahloxonim o‘zining Instagram sahifasida muxlislar e’tiborini tortgan ajoyib va ta’sirli video post joyladi. Unda san’atkor dugonasi, xonanda Manzura uchun maxsus “Baxting muborak bo‘lsin” nomli yor-yorni ijro etgan.
Videoda barcha juda chiroyli va nafis liboslarda namoyon bo‘ladi. Kadrlar orqali Manzura turmush o‘rtog‘i uchun kelin salom qilgani, kuyov esa kelinning peshonasidan mehr bilan o‘pib qo‘ygani aks etgan.
Shahloxonim ushbu yor-yor orqali har bir qizning taqdirida baxtli kunlar, oila qurish saodati borligi, shuningdek, bu muqaddas va unutilmas lahzalar hech bir qiz uchun armon bo‘lib qolmasligi haqidagi ezgu tilaklarni kuylab bergan.
Samimiy va mehrga boy ushbu video qisqa fursat ichida muxlislar tomonidan iliq kutib olinib, ijobiy va tabriklarga boy izohlar bilan qarshi olindi.