Jasurbek Mavlonovdan muxlislarga romantik tuhfa — “Majnuningman” (video)

Xonanda Jasurbek Mavlonov muxlislarini navbatdagi yangi ijod mahsuli bilan xursand qildi. Uning "Majnuningman" nomli yangi qo‘shig‘i 14 fevral kuni soat 19:00 da YouTube platformasida rasmiy premera qilindi.
Yangi tarona uchun suratga olingan videoklipda bir qator taniqli ijodkorlar ishtirok etgan. Jumladan, klipda Shoxruz Ro‘ziboyev, Shahlo Alijonova, Muyassar Berdiqulova hamda Anjelika Yesimbetova rollarni ijro etishgan.
Xonandaning ta’kidlashicha, “Majnuningman” qo‘shig‘i muhabbat va sadoqat mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda yurakka yaqin ohanglar va samimiy kayfiyat mujassam.
Ma’lum qilinishicha, qo‘shiq musiqasi muallifi — Mirjalol Nematov, matni esa Husan Jo‘raqulov qalamiga mansub.
Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar yangi taronani iliq kutib olib, qo‘shiq va klip ijodiy jamoasiga yuqori baho bermoqda. Ularga ko‘ra, “Majnuningman” Jasurbek Mavlonov ijodidagi eng romantik va ta’sirli ishlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!