12:18 / 09.03.2017
17 434

​Yulduz Usmonova nabirasini ko‘rish uchun tug‘ruqxonaga bordi (Foto)

​Yulduz Usmonova nabirasini ko‘rish uchun tug‘ruqxonaga bordi (Foto)

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova qizi Nilufar va dunyoga kelgan jajji chaqaloqni ko‘rish uchun Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tug‘ruqxonasiga bordi. Bu haqda Darakchi nashri yozmoqda.

“Ona qizim”, deya izohladi Yulduz Usmonova chaqaloqni ko‘tarib tushgan suratini.

Xonanda Nilufar Usmonova 7 mart, seshanba kuni uch o‘g‘ildan so‘ng qiz farzandni dunyoga keltirdi.

Nilufarning Saida’zamxon, Ibrohimxon va Sulaymonxon ismli o‘g‘illari bor. Xonanda qiz farzandiga ismni turmush o‘rtog‘i qo‘yishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ​Yulduz Usmonova nabirasini ko‘rish uchun tug‘ruqxonaga bordi (Foto)