Dilnoz sevgi taronasini taqdim etdi — "Yolg‘izim” (video)

Xonanda Dilnoz Hakimova muxlislariga navbatdagi yangi ijod mahsuloti — “Yolg‘izim” qo‘shig‘ini taqdim etdi. Ushbu tarona 14 fevral kuni premyera qilindi va qisqa fursatda keng tomoshabin e’tiborini qozondi.
Dilnoz qo‘shiq haqida shunday yozdi:
“Yolg‘izim” — yuragimdan chiqqan eng shaxsiy tarona. Bu qo‘shiqni aziz umr yo‘ldoshimga bag‘ishlayman. U biz va barpo bo‘lgan go‘zal oilamiz haqida. Sevishganlar kunida muhabbatimizning eng go‘zal lahzalari mujassam bo‘lib, siz bilan bo‘lishini istadim. Qalbingiz doimo sevgiga oshno bo‘lsin, yaxshilar!”
Premyeradan so‘ng qo‘shiq qisqa muddatda 100 mingdan ortiq tomosha qilindi va 200 ga yaqin iliq izohlar qoldirildi. Muxlislar taronani yuqori baholab, uni Dilnoz ijodidagi eng samimiy va ta’sirli asarlardan biri sifatida qabul qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!