11 mart kuni “Turkiston” saroyida “Lola” deb nomlangan konsert dasturi start oldi.
Avvalroq xonanda bahorgi konsert dasturidan Yulduz Usmonovaga atalgan tarona ham joy olganini ma’lum qilgandi, deb yozadi “Darakchi” nashri.
Jahongir Otajonovning mazkur taronasi O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 2005 yildagi konsert dasturida “Xorazmlik qizlarga” nomli qo‘shig‘iga javob bo‘ladi.
Jahongir Otajonov ushbu taronasi haqida shunday degandi:
“Yulduz Usmonova tomonidan kuylangan ushbu qo‘shiq o‘shanda nafsoniyatimga tekkandi. Ushbu qo‘shig‘imni yaratganimga ancha bo‘lgan biroq ayrim sabablarga ko‘ra qo‘shiq taqdim etmagandim. Yangi konsertimda Yulduz Usmonovaga javoban “Xush kelibsiz Xorazmga” deb qo‘shiq kuyladim.
Yulduz Usmonovani san’atkor sifatida hurmat qilaman, ustoz deb bilaman. Balki Yulduz Usmonova meni yomon ko‘rib qolar ushbu qo‘shig‘imdan so‘ng, ammo barbir kuylayman. Mening maqsadim xorazmlik opa-singillarimning javobini qaytarish, xorazmlik yigit sifatida bu meni burchim deb bilaman”, deya fikrini muxtasar qiladi Jahongir Otajonov.
Ushbu videoni e’tiboringizga havol etamiz.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi