date

Yildiz Tilbe G‘azoda muhtojlarga har kuni iftor tarqatmoqda

Yildiz Tilbe G‘azoda muhtojlarga har kuni iftor tarqatmoqda

Turkiyalik mashhur xonanda Yildiz Tilbe G‘azo hamda boshqa inqirozlar yuz berayotgan mintaqalarda katta xayriya aksiyasini boshladi. Xonanda Ramazon oyi davomida har kuni G‘azoda qurolli to‘qnashuvlar oqibatida ochlikdan aziyat chekayotgan 12 ming kishi uchun iftor dasturxonini tayyorlaydi.

Ma’lum qilinishicha, Tilbe muhtojlarga issiq taomlarni nodavlat tashkilotlar orqali yetkazadi va iftor tadbirlarini moliyalashtirish ishlarini allaqachon yakunlagan.

Xonanda faqat birgina hudud bilan cheklanmay, “Har bir uyda issiq ovqat bo‘lishi kerak!” shiori ostida keng geografik mintaqada muhtojlarga yordam ko‘rsatmoqda. Yordam Yaman, Suriya, Afg‘oniston, Sharqiy Turkiston (Xitoyning Shinjon viloyati), Efiopiya, Janubiy Sudan, Arakan va Kashmir kabi mintaqalarga ham yetkazilishi rejalashtirilgan.

Ramazon iftori dasturxonining tashkiliy qismi Tilbe nomidan Quddus ko‘ngillilari uyushmasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yildiz Tilbe G‘azoda muhtojlarga har kuni iftor tarqatmoqda