Yorqinxo‘ja Umarovdan kutilgan qo‘shiq klipi premyera qilindi (video)

Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov 1 mart kuni ancha vaqtdan beri sabrsizlik bilan kutilayotgan yangi "Kelinchak" nomli qo‘shig‘ining klipini muxlislar e’tiboriga havola etdi. Ushbu tarona muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va qisqa fursatda ijtimoiy tarmoqlarda katta tomosha to‘pladi.
Qo‘shiqning she’ri va musiqasi muallifi — Farruh Kamolov bo‘lib, u ushbu asarda Yorqinxo‘janing ovoziga mos keladigan, tinglovchida chuqur hissiyot uyg‘otadigan ohang va so‘zlarni yaratgan.
Klip esa qo‘shiq mazmunini to‘liq ochib beradi: hayotiy kechinmalar va inson ruhining nozik tuyg‘ularini ifodalaydi. Yorqinxo‘ja Umarovning ta’sirchan va jozibali ovozi esa qo‘shiqning ruhiy tasirini yanada kuchaytiradi.
Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shiqni yuqori baholab, xonandaga kelajak ijodida omad tilashmoqda va yanada ajoyib taronalarni kutib qolishlarini bildirgan.