date

Layli va Majnun egizaklari Umar va Rayyona 1 yoshda (video)

Layli va Majnun egizaklari Umar va Rayyona 1 yoshda (video)

Xonandalar Layli va Majnun o‘zlarining Instagram sahifalarida quvonchli voqea bilan muxlislarini xursand qildi. Ijodkorlar egizak farzandlari — Umar va Rayyonaning 1 yoshga to‘lgani munosabati bilan samimiy lahzalarni aks ettirgan video post joyladi.

Mazkur videoda kichkintoylarning quvnoq onlari, ota-onasi bilan birga o‘tkazgan iliq lahzalari aks etgan bo‘lib, u muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Post ostida xonanda Layli farzandlariga bo‘lgan cheksiz mehrini quyidagi samimiy so‘zlar bilan izhor qildi:

“04.03.2026 Mani jonlarim, farishtachalarim, hayotimni nurga to‘ldirib kelganinglar uchun rahmat. Sizlarni judayam qattiq yaxshi ko‘ramiz. Ilohim umringizga Alloh baraka bersin, solih va soliha farzandlardan bo‘linglar. Ilohim doim orqamizda qolinglar!”

Ushbu quvonchli xabar qisqa vaqt ichida ko‘plab muxlislarning e’tiborini tortdi. Xonandalarning kuzatuvchilari kichkintoylarni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, ularga sog‘lik, baxtli bolalik va porloq kelajak tilab, iliq va samimiy tilaklar yozib qoldirishdi.

Ko‘pchilik muxlislar egizaklarning juda yoqimtoy ekanini ta’kidlab, ular ota-onasining quvonchi va baxti bo‘lib ulg‘ayishini tilashdi. Layli va Majnun esa bu samimiy tabriklar uchun muxlislariga minnatdorlik bildirishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Layli va Majnun egizaklari Umar va Rayyona 1 yoshda (video)