date

Malika Ravshanova yangi “Ayol” qo‘shig‘i bilan muxlislarni lol qoldirdi (video)

Malika Ravshanova yangi “Ayol” qo‘shig‘i bilan muxlislarni lol qoldirdi (video)

Xonanda Malika Ravshanova yangi “Ayol” nomli qo‘shig‘i uchun klip premyerasini o‘tkazdi. Ushbu premyera 7 mart kuni YouTube kanalga joylandi. Muxlislar tomonidan iliq kutib olindi hamda yuqori baholandi.

Qo‘shiqdagi fikrlarga ko‘ra, har bir ayol bu o‘ziga xos bir olam, muhabbat va sabr-toqat bilan yaratilgan mo‘jiza hisoblanadi. Ushbu qo‘shiq ana shunday beqiyos insoniyatga — onalarimizga, opa-singillarimizga va barcha ayollarga bag‘ishlanadi. Har bir satr ayol qalbining qanchalik nozik va shu bilan birga uning cheksiz muhabbati va fidoyligini taronnum etadi.

Malika Ravshanovaning yoqimli va ta’sirchan ovozi qo‘shiq ruhini to‘laqonli ochib bergan. Bu tarona faqat qo‘shiq emas, balki hayotimizda har bir jabhada bizga suyanch bo‘ladigan, borligi bilan dunyoni go‘zallashtiruvchi ayollarga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni ifodalaydi.

Qo‘shiqning so‘zlari shoir Rislig‘oy Hotamova, musiqiy aranjirovkasi va bastakorligi esa Sardor Nurullayev tomonidan yaratilgan.

Qo‘shiq YouTubega joylanganiga bir kun ham bo‘lmay, 26 mingga yaqin ko‘rilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Malika Ravshanova yangi “Ayol” qo‘shig‘i bilan muxlislarni lol qoldirdi (video)