Ziyoda “Ko‘ra olmaysiz” bilan yuraklarga yetib bordi (video)

Xonanda Ziyoda Qobilova bir oy avval taqdim etilgan “Ko‘ra olmaysiz” nomli qo‘shig‘ining klipini muxlislariga namoyish etdi. Klip 20 mart kuni YouTube platformasida premyera qilindi. Unda bosh rollarni Aysanem Yusupova va Diyorbek Sadullayev ijro etgan.
Ba’zan yonimizdagi insonni ko‘ramiz, ammo uni his qilmaymiz. Ba’zan esa birga yashaymiz, lekin aslida bir-birimizdan juda uzoq bo‘lamiz.
Ushbu klip aynan sukut ortida yashiringan og‘riq, aytilmay qolgan so‘zlar va ko‘rinmas his-tuyg‘ular haqida hikoya qiladi. Oddiy hayot manzaralari ortida esa achchiq haqiqat yashiringan: sevgi bor, ammo e’tibor yetishmaydi.
Qo‘shiqning so‘z va musiqasi ham Ziyoda Qobilovaga tegishli. Klip qisqa vaqt ichida 500 mingdan ortiq tomosha to‘plab, 160 dan ziyod iliq izohlarga sabab bo‘ldi. Tomoshabinlar izohlarda qo‘shiqni yuqori baholab, xonandaga omad tilashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!