date

Samandar Hamroqulov 10 yillik muvaffaqiyatsiz EKUdan so‘ng tabiiy usulda farzandli bo‘lgani haqida so‘zlab berdi

Samandar Hamroqulov 10 yillik muvaffaqiyatsiz EKUdan so‘ng tabiiy usulda farzandli bo‘lgani haqida so‘zlab berdi

Mashhur aktyor Samandar Hamroqulov yaqinda shaxsiy hayoti va farzandli bo‘lgan paytlarini eslab gapirdi.

“EKUda shunaqa ekanki, ham ayol, ham erkak nimasi birlashgandan keyin u embrion besh kun yashasa, besh kundan keyin butunlay yashab ketar ekan. Shu besh kunga yetmadi, to‘rtinchi kunimi, uchinchi kunimi, u o‘lib qoldi, qimirlamay qoldi,” — deya esladi Hamroqulov.

U davom etdi: “Biz 10 yilga yaqin EKU klinikalariga juda ko‘p qatnadik . Harakat qilib ko‘rdik, umidsiz bo‘lmadik. Allohga oson degani shuda qarang, shuncha EKUdan so‘ng, tabiiy yo‘l bilan bizga farzand nasib etdi,"—deya boshidan o‘tgan qiyinchilik kunlari haqida so‘zlab berdi aktyor

Hamroqulovning hikoyasi umidsiz bo‘lgan oilalarga ilhom bag‘ishlaydi, sabr va umidning mo‘jizalar keltirishiga ishonch uyg‘otadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Samandar Hamroqulov 10 yillik muvaffaqiyatsiz EKUdan so‘ng tabiiy usulda farzandli bo‘lgani haqida so‘zlab berdi