Maftuna Xolmurodova turmushga chiqmoqda: kuyov kim o‘zi?

Xonanda Maftuna Xolmurodova "Omon-Omon" ko'rsatuvi davomida turmushga chiqayotganini rasman tasdiqladi. U ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan suratdagi yigit o'zining kelasi turmush o'rtog'i ekanligini tan oldi. Xonandaning yaqinlari kuyov o'zbek ekanligini ma'lum qilishdi, biroq uning ismi va shaxsi hozircha sir saqlanmoqda. Ushbu yangilik muxlislar orasida katta qiziqish uyg'otdi.
Xonanda Maftuna Xolmurodova (Shakira) “Omon-Omon” ko‘rsatuvida muxlislarini hayratga soladigan yangilikni oshkor qildi. U turmushga chiqayotganini rasman tasdiqladi.
Ko‘rsatuv davomida boshlovchilar xonandadan: “Kutilgan to‘y bo‘lyaptimi, rostdan ham?” deya so‘rashdi. Maftuna esa tabassum bilan: “Ha, yangilik bor. Mana qo‘limda ham uzugim bor. Instagram sahifamga ham bu haqida joylaganman”, — deya javob berdi.
Boshlovchilar xonandaning ijtimoiy tarmoqqa joylagan suratini ko‘rsatib, undagi yigit aynan kuyov ekanini aniqlashtirishdi. Maftuna bu savolga qisqa qilib: “Ha, shu”, — deya tasdiq berdi.

Shundan so‘ng kuyovning kimligi haqida savollar yomg‘irdek yog‘ila boshladi. “U turkiyalikmi yoki o‘zbekmi?” degan savolga xonandaning dugonasi Aziza javob berib: “Yo‘q, turkiyalik emas, o‘zbek — o‘zimizdan”, — deya aniqlik kiritdi.
Biroq kuyovning ismi va qayerdan ekanligi haqida xonanda hozircha oshkor qilishni istamadi. “Hozircha sir, keyin bilasizlar”, — deya bu mavzuni ochiq qoldirdi.
Mazkur yangilik ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Endi esa ko‘pchilikni bitta savol qiynamoqda: xonandaning sirli kuyovi kim?






























Izohlar 0
…