Xurshid Rasulovning uzoq kutilgan “Esingdamu” taronasi premyera qilindi (video)

Xurshid Rasulovning uzoq kutilgan “Esingdamu” taronasi premyera qilindi (video)

Xonanda Xurshid Rasulov muxlislari intiqlik bilan kutgan “Esingdamu” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklip bugun, 12 iyul kuni soat 18:00 da san’atkorning rasmiy YouTube kanalida premera qilindi.

Xonanda yangi ijod mahsuli haqida avvalroq ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar bergan edi. Premeradan oldin e’lon qilingan qisqa videolavhalar tinglovchilar orasida katta qiziqish uyg‘otib, qo‘shiqning to‘liq talqiniga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirgandi.

Premera e’lon qilinganidan so‘ng “Esingdamu” qisqa vaqt ichida ko‘plab tomoshalarni jamlashga ulgurdi. Muxlislar yangi tarona va videoklipni iliq kutib olib, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z taassurotlari bilan faol bo‘lishmoqda.

Izohlarda ko‘plab tinglovchilar Xurshid Rasulovni navbatdagi ijodiy ishi bilan tabriklamoqda. Aksariyat muxlislar ushbu tarona xonandaning eng muvaffaqiyatli ijod namunalaridan biriga aylanishini ham qayd etishmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar