“1000 dollar topib, 100 dollar soliq to‘lolmaysanmi?” — Davron Ergashevning keskin savoli bahs uyg‘otdi

“1000 dollar topib, 100 dollar soliq to‘lolmaysanmi?” — Davron Ergashevning keskin savoli bahs uyg‘otdi
Qisqacha

Xonanda Davron Ergashev yuqori daromad topib, soliq to‘lashdan norozi bo‘layotgan san’atkorlarni keskin tanqid ostiga oldi. U ayniqsa to‘ylarga katta gonorar evaziga chiqadigan hamkasblarini mas’uliyatli bo‘lishga va davlat oldidagi majburiyatlarini bajarishga chaqirdi. Ergashev oddiy tadbirkorlar ham soliq to‘lashini ta’kidlab, daromadi baland san’atkorlarning bu masaladagi e’tirozlarini uyatli holat deb baholadi. Mazkur chiqish ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, ko‘pchilik foydalanuvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Davron Ergashevning chiqishi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. U o‘z nutqida ayrim xonandalar yaxshi daromad topsa ham, soliqdan norozi bo'layotgan san'atkorlarni keskin tanqid qildi.

San’atkorning ta’kidlashicha, u bu fikrlarni aynan daromadi yuqori bo‘lgan, to‘ylarda katta gonorar oladigan xonandalarga qaratgan:

“Men izohlarni o‘qidim. Ko‘pchilik salbiy fikr bildirganlar orasida mahalliy xonandalar ham bor. Lekin men bu gaplarni aynan reytingi baland, to‘ylarga 6 million so‘mdan yuqori narxda chiqadigan xonandalarga aytgandim. Bu hammaga tegishli emas”, — dedi u.

U shuningdek, soliq masalasiga beparvo qarashni uyatli holat sifatida baholadi:

“Oddiy ko‘chadagi pistachi ham soliq to‘laydi-ku, nega biz — san’atkorlar — to‘lay olmaymiz? Agar 1000 dollarga to‘yga borsangiz, kamida 100 dollar soliq to‘lash qiyinmi? Bu uyat emasmi?” — deya keskin savol qo‘ydi Ergashev.

U nutqini qisqa yakunlab, boshqa qo‘shimcha qilishni istamasligini bildirdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda esa ko‘pchilik uning fikrlarini qo‘llab-quvvatlab, masalaga jiddiy yondashish kerakligini ta’kidladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar