“Mashhurlikni qachon his qilganman?” — Nigora Karimboyeva ochiqchasiga gapirdi

“Mashhurlikni qachon his qilganman?” — Nigora Karimboyeva ochiqchasiga gapirdi
Qisqacha

Aktrisa va boshlovchi Nigora Karimboyeva "Mening oshxonam" ko‘rsatuvida ishtirok etib, o‘z faoliyati va mashhurlikka erishish yo‘li haqida so‘zlab berdi. Uning ta’kidlashicha, "Sardor" seriali aktrisa uchun universitetdan keyingi ilk yirik loyiha bo‘lib, unga haqiqiy mashhurlikni olib kelgan. Karimboyeva ushbu serial nafaqat o‘zi, balki Bobur Yo‘ldoshev va Ulug‘bek Yunusov kabi ko‘plab yosh ijodkorlar uchun katta tajriba maktabi bo‘lganini qayd etdi. Aktrisa ilk bor xalq e’tirofini aynan shu loyihadan so‘ng, ko‘chada odamlar uni taniy boshlaganida his qilganini ochiqladi.

Aktrisa va boshlovchi Nigora Karimboyeva “Mening oshxonam” dasturining mehmoni bo‘ldi. Suhbat davomida unga “Siz 'Sardor' serialidan keyin 'Sardor' serialini o‘rnini bosa oladigan yana qanday loyihalarda rol ijro etdingiz?” degan savol berildi.

Aktrisa esa barcha rollarini sevishini, ammo “Sardor” seriali uning hayotida alohida o‘rin tutishini ta’kidladi:

“O‘zim ishtirok etgan har bir film va rolni yaxshi ko‘raman. Lekin 'Sardor' seriali boshqa darajada edi. Chunki u men uchun universitetni bitirgandan keyingi birinchi katta ishim bo‘lgan. Eng muhimi, bu loyiha ko‘plab yosh aktyorlarni O‘zbekistonga tanitgan serial bo‘lgan. Masalan, men, Bobur Yo‘ldoshev, Ulug‘bek Yunusov — barchamizning ilk yirik tajribamiz shu serial bilan boshlangan”, — dedi u.

“Mashhurlikni qachon his qilganman?” — Nigora Karimboyeva ochiqchasiga gapirdi

Nigora Karimboyeva shuningdek, mashhurlikni ilk bor his qilgan damlarini ham eslab o‘tdi:

“Xalqda 'ertalab uyg‘onib o‘zimni mashhur ekanimni his qildim' degan gap bor. Men aynan shuni 'Sardor' serialidan keyin boshdan kechirganman. Ertasi kuni ko‘chaga chiqib avtobus bekatida tursam, ana boshlangan, 'ha, demak mashhurlik shunaqa bo‘larkan' deganman. O‘shanda mashhurlik nima ekanini chinakamiga his qilganman”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar