date

Zarina Yo‘ldosheva: turmushdan keyin ijodni tark etadimi?

Zarina Yo‘ldosheva: turmushdan keyin ijodni tark etadimi?

Zarina Yo‘ldosheva “Navo mehmonda” loyihasida shaxsiy hayoti va kelajak rejalari haqida ochiq fikr bildirdi. Aktrisa turmushga chiqqach, ijodiy faoliyatini davom ettirish masalasiga aniq munosabatini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u turmushga chiqqanidan keyin asosiy e’tiborni oilasiga qaratishni istaydi:

“Rostini aytsam, turmush o‘rtog‘im bilan ishlamasdan, tinch hayot kechirishni xohlayman”, — deydi u.

Shu bilan birga, aktrisa barcha qarorni bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining munosabatiga bog‘lashini ham yashirmadi:

“Agar turmush o‘rtog‘imga aktrisalik faoliyatim xalaqit bermasa, qarshi bo‘lmasa — albatta, ijodimni davom ettiraman. Ammo aksincha bo‘lsa, ya’ni 'ayolimning televizorga chiqishi menga yoqmaydi' desa, bemalol aktrisalikni tashlashim mumkin”, — deya ta’kidladi u.

Zarina Yo‘ldosheva bu qarorni og‘ir qabul qilmasligini ham qo‘shimcha qildi. Uning aytishicha, bolaligidan ishlagani sabab, ehtimol, ma’lum vaqt tanaffus qilishga ehtiyoj sezayotgandir.

“Balkim, biroz dam olib, keyin yana ijodga qaytarman”, — dedi aktrisa.

Ushbu bayonot ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lib, muxlislar uning qarorini qiziqish bilan kutayotganini bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Zarina Yo‘ldosheva: turmushdan keyin ijodni tark etadimi?