13:37 / 09.04.2017
7 231

Sardor Milano «Novaya volna» tanlovi finaliga yo‘l oldi

Sardor Milano «Novaya volna» tanlovi finaliga yo‘l oldi
Ommabop musiqa yosh ijrochilarining «Novaya volna» tanlovi yarim finali yakunlandi. Finalga yo‘l olganlar orasida «Glavnaya ssena» g‘olibi va «Golos» shousi finalchisi o‘zbekistonlik Sardor Milano ham bor. Bu haqda «1news.uz»ga asoslanib Daryo xabar berdi.

U bilan birgalikda keyingi bosqichga chiqqanlar safida Syuzanna Melkoyan (Armaniston), Rustem Jugusov (Qozog‘iston), DoReDos guruhi (Moldova), Lilu (Vetnam), Artyom Ivanov (Ukraina), Ekaterina Rishkova (Ruminiya) va boshqalar ham bor.

Tanlov 16 dan 35 yoshgacha bo‘lgan ijrochilar uchun mo‘ljallangan. Endi barcha ishtirokchilar belgilangan muddatda final uchun tayyorlangan repertuarlarini shakllantirishi lozim.

«Novaya volna» tanlovi finali 8—15 sentyabr kunlari Sochida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sardor Milano «Novaya volna» tanlovi finaliga yo‘l oldi