date

Afruza “Kel jonim” bilan muxlislar qalbini zabt etdi (video)

Afruza “Kel jonim” bilan muxlislar qalbini zabt etdi (video)

Xonanda Afruza 15 may kuni muxlislari uchun yana bir musiqiy yangilikni taqdim etdi. San’atkor o‘zining yangi qo‘shig‘i — “Kel jonim”ni e’lon qilib, uni keng jamoatchilik e’tiboriga havola qildi.

Tarona YouTube platformasiga joylangan zahoti tinglovchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Oradan bir kun ham o‘tmay, videoklip qariyb 180 mingga yaqin tomosha yig‘ib, tez sur’atlarda ommalashishni boshladi.

Izohlar bo‘limida muxlislar qo‘shiqni iliq kutib olib, uning ohangdorligi, ijro mahorati va zamonaviy uslubini alohida e’tirof etishmoqda. Ko‘pchilik Afruzaning yangi ishini yuqori baholab, unga kelgusi ijodiy faoliyatida omad tilamoqda.

Tinglovchilar fikricha, “Kel jonim” yaqin kunlarda xit qo‘shiqlar qatoridan o‘rin olishi kutilmoqda. Asar allaqachon tinglovchilar qalbini zabt etib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Afruza “Kel jonim” bilan muxlislar qalbini zabt etdi (video)