Olimpiada chempionkasi Diyora Keldiyorova tug‘ilgan kunidan unutilmas lavhalar ulashdi (video)

Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempionkasi Diyora Keldiyorova bugun 28 yoshini nishonlamoqda.
Sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tug‘ilgan kunidan lavhalarni muxlislari bilan bo‘lishdi. U bu galgi sana o‘zi uchun alohida ahamiyatga ega ekanini yozgan.
"Happy 28. Ona rolidagi ilk tug‘ilgan kunim. Bu galgi tug‘ilgan kunimni unutilmas qilib tabriklaganingiz uchun minnatdorman. Tabriklar uchun hammaga katta rahmat, men uchun bu juda ham yoqimli", deb yozdi Diyora Keldiyorova.

Ushbu so‘zlari orqali sportchi turmush o‘rtog‘i tomonidan tayyorlangan syurprizdan minnatdorligini ham bildirgan.
Diyora Keldiyorova tug‘ilgan kuni bilan bog‘liq surat va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda joylab bormoqda. Muxlislari esa izohlarda unga samimiy tilaklar yo‘llamoqda.































Izohlar 0
…