Yulduz Turdiyeva mashhur qo‘shiq ortidagi sirni ochdi (video)

1 daqiqa o'qish4.1K
Yulduz Turdiyeva mashhur qo‘shiq ortidagi sirni ochdi (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva "Navo mehmonda" ko‘rsatuvida "Bizning sevgimiz boshqacha" qo‘shig‘ining yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi.
  • Xonandaning aytishicha, taronani yuborgan zahoti unga juda yoqqani uchun muallif Bahodir Nizomovdan uni boshqa hech kimga bermaslikni iltimos qilgan va va'daga erishilgan.
  • Suhbat davomida Feruza Jumaniyozova ham ushbu qo‘shiqqa qiziqqani, biroq kelishuv allaqachon qilib bo‘lingani ma'lum qilindi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva "Navo mehmonda" ko‘rsatuvida ishtirok etib, bugungi kunda muxlislar sevib tinglayotgan "Bizning sevgimiz boshqacha" qo‘shig‘i yaratilish tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlarni aytib berdi.

Ko‘rsatuv boshlovchisi ushbu taronaga xonanda Feruza Jumaniyozova ham qiziqqani haqidagi gap-so‘zlarga aniqlik kiritishni so‘radi.

Yulduz Turdiyevaning aytishicha, qo‘shiq muallifi Bahodir Nizomov unga taronani yuborgan zahoti asar juda yoqqan va u darhol uni o‘zi uchun saqlab turishni iltimos qilgan.

"Bahodir Nizomov bilan avval ham ishlaganmiz, ammo bu safargi qo‘shiq juda yoqdi. Darrov qo‘ng‘iroq qilib, "Shu qo‘shiqni ushlab tur", dedim. U va’da berdi va va’dasida turdi — qo‘shiqni boshqa hech kimga bermadi", — dedi xonanda.

Yulduz Turdiyeva suhbat davomida Feruza Jumaniyozova ham ushbu qo‘shiqni yoqtirganini yashirmadi.

"Bahodir menga: "Feruza opaga ham qo‘shiq yoqibdi", dedi. Men esa: "Bilaman, lekin menga ham juda yoqdi", deganman. O‘sha paytga kelib qo‘shiq uchun kelishuvni ham qilib bo‘lgandik. Bahodirning bir odati bor — hisob-kitob qilingach, qo‘shiq egasi o‘zgarmaydi. Men unga: "Sen iqtidorli ijodkorsan, bundan ham yaxshi qo‘shiqlar yaratasan", dedim. Oradan ko‘p o‘tmay Feruza opa ijrosidagi "Kel, sevishaylik" taronasi yaratildi. Bahodir xohlasa, bu qo‘shiq uchun mendan ko‘proq haq ham so‘rashi mumkin edi, men bunga rozi edim", — deya so‘zlarini yakunladi.

Mazkur suhbat ijtimoiy tarmoqlarda ham qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ko‘plab muxlislar izohlarda "Bizning sevgimiz boshqacha" aynan Yulduz Turdiyeva ijrosida o‘ziga xos jaranglaganini, qo‘shiq xonandaning ovozi va uslubiga juda mos tushganini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?