Egasining imo-ishoralarini tushunadigan it tarmoqlarda ko‘pchilikni qiziqtirdi

Egasining imo-ishoralarini tushunadigan it tarmoqlarda ko‘pchilikni qiziqtirdi

AQSHda qora labrador o‘z egasining imo-ishoralarini tushunishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘ldi.

Amerikalik bloger Robert Haney bolaligida eshitish qobiliyatini yo‘qotgan. Shu sabab u kundalik hayotda asosan imo-ishora tilidan foydalanadi. Uning iti Slater esa vaqt o‘tishi bilan egasining qo‘l harakatlari va yuz ifodalarini anglashni o‘rgangan.

Slater buyruqlarni ovoz orqali emas, Robert'ning ishoralari orqali qabul qiladi. It turli qo‘l harakatlarini farqlay oladi va ularga mos ravishda harakat qiladi.

Egasi bilan deyarli so‘zsiz muloqot qiladigan labrador videolari foydalanuvchilar orasida qiziqish uyg‘otmoqda. Ko‘pchilik Slater'ning e’tibori va egasiga moslashganini ijobiy baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar