
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alaba munosabati bilan ko‘p millat va elatlarda katta tantana bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur g‘alabada o‘zbeklarning ham hissasi va o‘rni beqiyos bo‘lgan. Shu maqsadda xonanda Manzura 9 may uchun yangi qo‘shiq aytdi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti.
“Siniy platochek” nomli mazkur mashhur sovet taronasi bo‘lib, musiqa bastakori polshalik Uji Peterburgskiy, matn mualliflari bir nechta.
“Ushbu qo‘shig‘imiz muxlislarga yoqadi, degan umiddamiz. Xotira va qadrlash kunida g‘alaba ruhini berib turuvchi bir taronani aytishni xohladik”, deydi Manzuraning ma’muri qo‘shiq haqida.
Quyida mazkur klipni ko‘rishingiz mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing