
O‘zbekiston xalq artisti, el ardog‘idagi marhum san’atkor Nuriddin Xaydarov bugun hayot bo‘lganida 60 yoshni qarshilardi. Xalq orasida » Yur muxabbat”, «Yulduzim”, «Do‘lana”, «Do‘stim, meni aldama”, «Davlating borida” kabi qo‘shiqlari ommalashgan Nuriddin Xaydarov 1957 yili 1 avgust kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. Bu haqda Hordiq.uz sayti xabar qildi.
U qo‘shiqchilik san’atida 30 yil faoliyat olib bordi, 200 dan ortiq mualliflik taronalari ijro etdi. Ashaddiy muxlislari qalbidan chuqur o‘rin egallagan O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Xaydarov 2004 yil 4 oktyabrda Toshkent shahrida shifoxonada vafot etgan.
Endigina san’at olamiga kirib kelgan farzandi Hojiakbar Haydarov esa ayni kunlarda otasining ijod yo‘nalishini davom ettirib, yangidan-yangi taronalar yaratmoqda. Otasi ijrosidagi «Do‘lana» taronasi bilan muxlislar qalbidan joy egallagan hofizning o‘g‘li jurnalist Jasur Hamroyev loyihasi mehmoni bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar