Toshkentlik o‘quvchi qizlar Yurmaladagi «Arabesk» festivalida g‘oliblar qatoridan o‘rin oldi

Toshkentlik o‘quvchi qizlar Yurmaladagi «Arabesk» festivalida g‘oliblar qatoridan o‘rin oldi
Toshkentlik o‘quvchi qizlar Yurmaladagi «Arabesk» festivalida g‘oliblar qatoridan o‘rin oldi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 14-son bolalar musiqa va san’at maktabining ikkinchi sinf o‘quvchilari Yurmala (Latviya)dagi «Arabesk» Xalqaro xoreografiya festivalidan mukofotlar bilan qaytdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

Mariya Efimova, Yasmina Salam va Malika Numonjonova 8—10 yoshdagilar guruhida «Estrada hind raqslari» yo‘nalishida birinchi, «O‘zbek xalq raqslari» yo‘nalishida esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

Nashr yozishicha, festival ishtirokchilari uchun maxsus Shvesiya bo‘ylab teploxodda ko‘p kunlik sayohat uyushtirildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar