"Judayam sog‘indim": Manzura muxlislariga yangi tarona tayyorladi (video)

"Judayam sog‘indim": Manzura muxlislariga yangi tarona tayyorladi (video)

Xonanda Manzura yangi qo‘shig‘i premerasi haqida xabar berdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Judayam sog‘indim" nomli qo‘shig‘i 16 iyul kuni tinglovchilarga taqdim etilishini ma’lum qildi.

Manzura premera e’loni bilan birga qo‘shiq uchun ishlangan qisqa videolavhani ham joyladi. U izoh qismida 16 iyul kuni katta premera bo‘lishini yozgan.

Klip lavhalarida xonandaning turmush o‘rtog‘i ham ishtirok etganini ko‘rish mumkin. Bu esa muxlislar orasida alohida qiziqish uyg‘otdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari izohlarda Manzuraning yangi ijodiy ishini kutayotganini bildirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar