Teleboshlovchi Dildora Rustamova qizining to‘y marosimlaridan video lavhalar ulashdi (video)

Teleboshlovchi Dildora Rustamova qizining to‘y marosimlaridan video lavhalar ulashdi (video)

Taniqli jurnalist, teleboshlovchi va dublyaj aktrisasi Dildora Rustamova oilasida to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. U qizi Shahrizodaning to‘yidan video lavhalarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.

Dildora Rustamova bir necha kun avval Shahrizodaning fotiha marosimi haqida ham suratlar bilan bo‘lishgan edi. Kecha esa to‘y marosimidan kadrlar joylandi.

To‘yda ko‘plab san’atkorlar ishtirok etib, yoshlarga yaxshi tilaklar bildirgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham izohlarda Dildora Rustamova va uning oilasini tabriklamoqda.

Ma’lumot uchun, Shahrizoda Dildora Rustamovaning to‘ng‘ich qizi. Teleboshlovchi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi sifatida tanilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar