Sadir Japarov qizi Janayimning siyosatga kirishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov qizi Janayim bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gaplarga munosabat bildirdi. Gap Janayimning "Altin balalik" reabilitatsiya markazida bolalarga sovg‘alar tarqatgani aks etgan video haqida bormoqda.
Japarovning aytishicha, bu holat piar emas va qizini siyosatga olib kirishga urinish sifatida talqin qilinmasligi kerak.
"Bu piar emas va uni siyosatga jalb qilishga urinish ham emas. Oldin aytganimdek, men o‘z farzandlarim va yaqinlarimni siyosatga ham, davlat ishlariga ham aralashtirmayman. Agar shunday urinishlar bo‘lganida, bu haqda allaqachon ma’lum bo‘lardi", dedi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, farzandlari va yaqinlarining davlat ishlarida ishtirok etishi rejalashtirilmagan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…