Burak O‘zchivitning plyajdagi surati muxlislarni bahsga soldi

Burak O‘zchivitning plyajdagi surati muxlislarni bahsga soldi

Turkiyalik mashhur aktyor Burak O‘zchivit Bodrumda oilasi bilan dam olayotgan vaqtida paparatssilar obyektiviga tushdi. Plyajda olingan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, muxlislar va internet foydalanuvchilari o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Kadrlarda aktyorning avvalgi sportcha qomati o‘zgargani, qorni kattalashgani ko‘ringan. Bu holatdan so‘ng ayrim internet foydalanuvchilari uni o‘zini parvarish qilmayotgani va ortiqcha vazn to‘plagani uchun keskin tanqid qildi.

Burak O‘zchivitning plyajdagi surati muxlislarni bahsga soldi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qani o‘sha ideal qomat?», «O‘zini butunlay tashlab qo‘yibdi» kabi izohlar ko‘paydi.

Biroq aktyorning muxlislari bu tanqidlarga qo‘shilmadi. Ularning ta’kidlashicha, Burak O‘zchivit har yili ta’til paytida biroz vazn yig‘adi, ammo ish jarayoni boshlanishi bilan qisqa vaqt ichida yana avvalgi jismoniy holatiga qaytadi. O‘tgan yil ham shunga o‘xshash holat kuzatilgan edi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda bahslar davom etmoqda. Ayrimlar mashhur insonlar hamisha sport formasida bo‘lishi kerakligini aytsa, boshqalar vaznning vaqtincha o‘zgarishi tabiiy hol ekanini ta’kidlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar