Jeki Chan yangi filmini suratga olish uchun Qozog‘istonga keldi

Aktyor Jeki Chan yangi film suratga olish ishlari uchun Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatiga keldi.
Mang‘istau viloyati hokimi Nurdaulet Qilibay "Ilohiy zirh 4: Ultimatum" xalqaro filmi ijodiy guruhini qabul qildi. Ushbu loyiha doirasida filmning asosiy sahnalaridan biri Bozjira vodiysida suratga olinishi rejalashtirilgan.
Qilibay bunday darajadagi xalqaro loyiha mintaqaning turistik salohiyatini ko‘rsatish, investitsiya jalb qilish va Mang‘istauni tashqi bozorda tanitish uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi.
Jeki Chan qabul uchun minnatdorlik bildirdi. U Mang‘istauning tabiiy manzaralari kino uchun o‘ziga xos imkoniyatlarga ega ekanini aytdi.
Loyiha Qozog‘iston Madaniyat va axborot vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…