35 mln so‘mlik oltinni gilamga "singdirib" olib chiqmoqchi bo‘lgan ishchi fosh etildi

35 mln so‘mlik oltinni gilamga "singdirib" olib chiqmoqchi bo‘lgan ishchi fosh etildi

Zarafshon shahridagi oltin zavodida ishchi qimmatbaho metallni korxonadan olib chiqishga uringani fosh etildi. Holat sud hukmida keltirilgan ma’lumotlar asosida ma’lum bo‘lgan, deb xabar beradi Kun.uz.

36 yoshli zavod xodimi tegirmon mashinisti bo‘lib ishlagan. U tarkibida oltin va kumush mavjud bo‘lgan bo‘tanani 2 ta gilam bo‘lagiga to‘yintirib, tashqariga olib chiqmoqchi bo‘lgan.

Korxonaning tartibot bo‘limi xodimlari uni o‘z vaqtida to‘xtatgan. Keyingi tekshiruvda gilam bo‘laklaridan 4 kilogrammdan ziyod ma’danli qum aniqlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu qum tarkibida qariyb 19 gramm oltin va 4 gramm kumush bo‘lgan. Ularning qiymati 35 mln so‘m atrofida baholangan.

Sud ishchini o‘g‘irlikka suiqasd qilganlikda aybli deb topib, unga 4 mln 120 ming so‘m jarima tayinladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar