«Hech o‘ylamasdim»: Nilufar Usmonova va Aziz Yuldashev yangi duet taqdim etdi (soundtrack)

«Hech o‘ylamasdim»: Nilufar Usmonova va Aziz Yuldashev yangi duet taqdim etdi (soundtrack)

Xonandalar Nilufar Usmonova va Aziz Yuldashev «Sukunat» filmi uchun maxsus saundtrek ijro qildi. «Hech o‘ylamasdim» deb nomlangan tarona 29 avgust kuni YouTube'da namoyish etildi.

Qo‘shiq hayotning kutilmagan tuhfasi — taqdir yo‘llarini birlashtirgan muhabbat haqida hikoya qiladi. Tarona birga bo‘lishni hech qachon o‘ylamagan ikki qalbda kutilmaganda paydo bo‘lgan tuyg‘ularni ifoda etadi.

Nilufar Usmonova va Aziz Yuldashevning mayin hamda hissiyotlarga boy ovozlari bir-biriga uyg‘unlashib, qo‘shiqning ta’sirchanligini yanada oshirgan. Har bir satrda kutilmaganda paydo bo‘lgan samimiy tuyg‘ular aks etgan.

Tarona matni va musiqasi Sherzod Hamroyevga tegishli.

Qo‘shiq taqdim etilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmaganiga qaramay, u 400 mingga yaqin marta tomosha qilingan. Duet tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib, videoga 500dan ortiq samimiy izoh qoldirilgan.

«Sukunat» filmining taqdimoti sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar