21:53 / 07.06.2017
7 656

«Men uchun bu ilohiy mavzu». Rejissyor Zulfiqor Musoqov Ikkinchi jahon urushi haqida film suratga olmoqda

«Men uchun bu ilohiy mavzu». Rejissyor Zulfiqor Musoqov Ikkinchi jahon urushi haqida film suratga olmoqda
Rejissyor Zulfiqor Musoqov Ikkinchi jahon urushi haqida «Berlin — Oqqo‘rg‘on» deb nomlangan film suratga oladi. Bu haqda rejissyor jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Filmning nomi oddiy. Bo‘lajak filmda sodir bo‘ladigan voqealar Berlin va bolaligim o‘tgan Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida bo‘lib o‘tgani uchun «Berlin — Oqqo‘rg‘on» deb nomlangan.

Gap shundaki, ota-onam oqqo‘rg‘onlik, rahmatli dadam Jaloliddin aka, tog‘am Alimqul aka, amakilarim, buvilarim o‘sha erda yashagan. Garchi ikki oylik chaqaloqligimdan Toshkentning «Ko‘rasaroy» ko‘chasida o‘sgan bo‘lsam ham, har yoz faslida onam meni yozgi ta’tilda enamnikiga yuborar edi.

Ikkita amakim urushda qatnashib, ko‘kraklari to‘la ordenlar bilan g‘alaba qilib qaytgan. Enamning sinfdoshlaridan (16 ta yosh, kuchga to‘lgan yigitlar) birontasi uyga qaytib kelmagan.

Bu mavzuga bevosita ikkinchi marta murojaat qilishim. Men uchun bu mavzu — ilohiy mavzu, chunki aynan o‘sha urushda 375 ming vatandoshimizning nobud bo‘lgan hayoti tufayli, bir milliondan ortiq nogiron, ko‘r, cho‘loq bo‘lgan avliyo odamlar tufayli biz hozir yashab kelyapmiz.

Yana bir sabab, afsuski, ko‘pgina yoshlarimiz urush haqida umuman bilimlari yo‘q yoki bo‘lsa ham, juda sayoz.

Film ssenariysini o‘zim yozganman, hozirda aktyorlar tanlovi boshlandi. Jamoam har galgidek o‘sha–o‘sha, tarkibi o‘zgarmagan, ular — operator Azizbek Arziqulov, direktorim Nasrulloxon Sa’dullaev, yordamchilarim Muzaffar Shodiev hamda Jamshid Tulaganov.

Suratga olish ishlari Berlin, Oqqo‘rg‘on, Moskva, London shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Tasvirga olish ishlarini kuzda boshlab, yangi yilgacha tugatish niyatidamiz.

Zulfiqor Musoqov, rejissyor,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Men uchun bu ilohiy mavzu». Rejissyor Zulfiqor Musoqov Ikkinchi jahon urushi haqida film suratga olmoqda